Jaloliddin

BepulTrucking kompaniya egalari uchun 8 ta qo‘llanma

Avval tizim quring, keyin truck qo‘shing

Men trucking kompaniyalarning ishini tizimga solaman. Dispatch, accounting, HR va safety har biri o‘z ishini qilsa, kompaniya 100 ta truck bilan ham bemalol ishlaydi.

Qaysi bosqichdasiz?

1 daqiqa vaqt oladi

Ko‘rmagan narsangizni boshqara olmaysiz

Kompaniyangizda 10 tagacha truck bo‘lsa, hamma ishni o‘zingiz uddalaysiz. Dispatcher ham, buxgalter ham, HR ham o‘zingiz bo‘lasiz.

Truck soni ikki barobar ko‘payganda hammasini bir o‘zingiz qila olmay qolasiz. O‘zingiz hali ham truck haydasangiz, jamoaning savoliga kech javob berasiz, ofisdagi meetinglarda esa umuman qatnasha olmaysiz.

Sizning asosiy vazifangiz truck haydash emas, ofisda tizim qurish.

Bosqichlar

Kompaniyangiz qaysi bosqichda?

Truck sonini tanlang. Qaysi bo‘limni ofisda ushlab turish, qaysi birini outsource qilish va nechta dispatcher olish kerakligini ko‘rasiz.

25 ta truck

Birinchi HR vaqti

15 ta truckdan keyin eng katta muammo — driver topish. Driver yo‘qligi uchun bo‘sh turgan bitta truck HR oyligidan bir necha barobar qimmatga tushadi.

Bo‘limlar

  • DispatchOfisda
  • AccountingOfisda
  • HROfisda
  • SafetyOutsource
  • ELDOutsource
  • FleetKeyinroq
  • Texnik yordamOutsource

Kerakli dispatcher

5

Bitta dispatcher 5–6 ta truckni sifatli boshqaradi, tajribalisi esa 7 tagacha uddalaydi.

Bu raqamlarni o‘z amaliyotimdan oldim. Har bir kompaniyada holat biroz farq qiladi.

Foyda

Har bir truck foydadami?

Hisobga tushayotgan minglab dollarlarga qarab, o‘zingizni katta biznesmendek his qilasiz. Lekin bitta truckdan cho‘ntagingizda qancha sof foyda qolyapti?

Odatda bitta o‘rtacha truck haftasiga $1 000 atrofida sof foyda olib kelishi kerak. Shu raqam $500 dan pastga tushsa, natija juda yomon.

Haftasiga $200 qoldiradigan truck sizga faqat bosh og‘riq va stress olib keladi. Yo hisob-kitobni to‘g‘rilang, yo truckni parkdan chiqaring.

Haftalik sof foyda, truck bo‘yicha

namuna
  • #101 $1 240 Norma
  • #102 $1 060 Norma
  • #103 $200 Foydasiz
  • #104 $880 Normaga yaqin
  • #105 $460 Juda yomon
  • #106 $1 120 Norma
/ hafta

Haftalik sof foydani yozing, truckingiz qaysi chiziqda ekanini ko‘rasiz.

Raqamlar

Kompaniya qancha pul topayotganini 3 ta raqam ko‘rsatadi

Kompaniyangiz rostdan foyda qilyaptimi, buni bilish uchun shu 3 ta ko‘rsatkichni kuzatib boring.

Haftalik net cash flow

Har hafta qancha pul kirib, qancha chiqqanini doim kuzatib boring.

KirimChiqimoxirgi 6 hafta

RPM

Truck har bir milga qancha pul topyapti, shuni bilib turing.

RPM$2.41har bir mil uchun

Har bir truck bo‘yicha P&L

Eng muhimi shu. Har bir truck qancha foyda yoki zarar keltirayotganini ko‘rsangizgina, biznesni nazorat qila olasiz.

Oy bo‘yicha P&L

  • #101+$4 820
  • #102+$3 110
  • #103−$640
namuna

Fuel tekshiruvi

Fuel o‘g‘irlanyaptimi?

Truck 1 gallon fuel bilan o‘rtacha 5–6 mil yurishi kerak. Tekshirish uchun yurgan milni quyilgan gallonga bo‘ling.

MPG6,0

Ko‘rsatkich normada. Truck 1 gallonga 5 mildan ko‘p yuryapti.

2–3 haftalik hisobotda ham ko‘rsatkich past chiqsa, shubhangiz to‘g‘ri bo‘lib chiqadi.

Driverlar

Yaxshi driver ketsa, sababi ko‘pincha ofisda bo‘ladi

Ko‘p kompaniya egalari driver faqat ko‘proq pul uchun ketadi deb o‘ylaydi. Aslida yaxshi driverni noto‘g‘ri KPI va maosh tizimi, dispatcherning qo‘pol muomalasi va accounting bo‘limining kech javoblari qochiradi.

Driverlar guruhi14 a’zo

namuna
  1. Driver

    Settlement’da 2 ta load tushmay qolibdi. Kim qaraydi?

  2. 3 soat 20 daqiqa javob yo‘q
  3. Driver

    Boshqa kompaniyaga o‘tyapman.

  4. Driver guruhdan chiqdi

Driver guruhga yozadi, accounting yoki HR esa soatlab javob bermaydi. Yaxshi driver bunga uzoq chidamaydi.

Driverni nima ushlab qoladi?

  • Kuchli dispatcher topib beradigan daromadli yuklar
  • Qo‘shimcha ish uchun adolatli bonus
  • Home time’ni vaqtida berish

Bozor narxidan ancha ortiq to‘lash esa foydangizni yeb bitiradi.

Driver faqat pul uchun qolmaydi. Lekin maosh past bo‘lsa, birinchi bo‘lib shu sabab bilan ketadi.

Maosh bozor narxida yoki undan biroz yuqori bo‘lishi shart. KPI va maosh tizimi noto‘g‘ri bo‘lsa, driver qancha harakat qilmasin, o‘zini qadrsiz sezadi.

Bitta dispatcherga nechta truck?

Dispatcher 10 ta truckni ham boshqara oladi. Lekin sifatli ishlashi uchun unga 5–6 ta truck yetadi, tajribalisi esa 7 tagacha boshqaradi.

  • 5–6sifatli
  • 7tajribali bo‘lsa
  • 10sifat tushadi

Truck ko‘p bo‘lsa, har bir truckka e’tibor kamayadi, rate pasayadi, xato ko‘payadi va driver bilan aloqa buziladi.

Arzon driver qimmatga tushadi

Hujjati muammoli yoki tarixi yomon driverni olsangiz, uning xatolari kompaniyangiz tarixiga yoziladi.

  • Safety Score yomonlashadi
  • Insurance qimmatlaydi
  • DOT tez-tez tekshiradi

Tayyorgarlik

Kompaniyangiz kutilmagan holatga tayyormi?

Ertaga audit bo‘lsa, bular tayyormi?

6 ta hujjat yetishmayapti.

Ko‘pincha ELD auditi kutilmaganda keladi. Shu paytda hujjatlar tartibsiz bo‘lsa, jarimadan qochib qutula olmaysiz.

Hisobda qancha pul turishi kerak?

Kamida 2 haftalik zaxira$0

Broker to‘lovni kechiktirsa yoki kutilmagan muammo chiqsa ham, biznes to‘xtamasin. Buning uchun hisobda kamida 2 haftalik to‘liq xarajat turishi kerak.

Truckni necha yil haydash kerak?

Yangi truckni o‘rtacha 4 yil haydash eng to‘g‘ri. 2–3-yildan repair xarajati chiqa boshlaydi, 4-yildan keyin esa truck shop’dan chiqmay qoladi.

4-yil tugamasdan truckni soting yoki lease purchase’ga bering, o‘rniga yangisini oling.

Qo‘llanmalar

Bepul qo‘llanmalar

Keraklisini tanlang, jamoamiz uni sizga yuboradi. Bir nechtasini birdaniga olsangiz ham bo‘ladi.

O‘sish

  • 100-Truck Scaling

    50 dan 100 ta truckgacha xavfsiz o‘sish va qaysi bosqichda kimni ishga olish kerakligi

  • System Scaling

    Ofisdagi tartibsizlikni yo‘qotish va 100 ta truckgacha stressiz o‘sish

  • Scale-Up cheklisti

    Driver yo‘qligidan bo‘sh turgan truck zararini to‘xtatish va HR ishini to‘g‘ri qurish

Driverlar

  • Driver Retention

    Ofisda muloqotni yo‘lga qo‘yish: dispatcher va accounting qanday ishlashi kerakligi

  • Driver Retention Secrets

    Driverga ortiqcha pul to‘lamasdan uni kompaniyada uzoq olib qolish

  • Driver Hiring cheklisti

    Driverni to‘g‘ri tekshirish va Safety Score’ni himoya qilish

Hujjat va raqamlar

  • Audit-Proof Checklist

    Kutilmagan auditga tayyorgarlik: qaysi hujjatni qanday saqlash kerakligi

  • 3 ta formula shabloni

    Net cash flow, RPM va har bir truck bo‘yicha P&L

Qanday olinadi

  1. 1

    Qo‘llanmani tanlang

  2. 2

    Bir nechta savolga javob bering

  3. 3

    Jamoamiz siz bilan bog‘lanib, qo‘llanmani yuboradi

10 ta truckdan
100 ta truckgacha

ofis o‘z ishini qiladi,
siz kompaniyani
o‘stirasiz

dispatch, accounting,
HR, safety

siz yo‘qligingizda ham
ishlaydigan
kompaniya

Jaloliddin haqida

Trucking kompaniyalarda tartib o‘rnataman

Men trucking kompaniyalarni boshqarish va ularning ishini tizimga solish bilan shug‘ullanaman. Kompaniya o‘sgani sari ofisdagi tartibsizlik ham o‘sadi. Tizim bo‘lmasa, truck qo‘shish faqat muammoni ko‘paytiradi.

Avval ish jarayonlarini tizimga solsangiz, jamoaga katta yuk tushmaydi. Keyin kerakli joyga yangi odam qo‘shib, kompaniyani xotirjam o‘stiraverasiz.

Savol-javob

Kompaniya egalari ko‘p so‘raydigan savollar

Bitta dispatcher nechta truckni sifatli boshqara oladi?

Bitta dispatcher o‘rtacha 5–6 ta truckni sifatli boshqaradi, tajribali dispatcher esa 7 tagacha uddalaydi. Unga 10 ta truck bersangiz, ishlayotgandek ko‘rinadi, lekin har bir truckka e’tibor kamayib, rate pasayadi.

Birinchi HR qachon kerak bo‘ladi?

Truck soni 15 tadan oshganda HR kerak bo‘ladi. Shu paytda driverlar tez-tez almashadi, yangisini qidirish esa butun vaqtingizni oladi va kompaniyani o‘stirishga vaqt qolmaydi.

Safety Manager qachon kerak?

Truck soni 40–50 taga yetganda nazorat uchun bitta Safety Manager olish to‘g‘ri bo‘ladi. Jamoangiz tartibli bo‘lsa, safety ishlarini 100 ta truckgacha outsource qilsa ham bo‘ladi.

Qaysi bo‘limlar ofisda, qaysilari outsource bo‘lishi kerak?

50 tagacha truckda ofisda 3 ta bo‘lim yetadi: Accounting, Dispatch va HR. ELD, safety va texnik yordamni outsource qilsa bo‘ladi. 100 tadan oshganda Fleet ham ofisga o‘tadi.

Truck haftasiga qancha foyda qoldirishi kerak?

Bitta o‘rtacha truck haftasiga $1 000 atrofida sof foyda qoldirishi kerak. Shu raqam $500 dan pastga tushsa, natija juda yomon.

Fuel o‘g‘irlanayotganini qanday bilsa bo‘ladi?

Truck yurgan milni quyilgan gallonga bo‘ling. 1 gallonga 5–6 mildan kam chiqsa, bu birinchi signal. Bitta reysdan xulosa qilmang, 2–3 hafta kuzatib boring. Ko‘rsatkich shu davrda ham past chiqsa, shubhangiz to‘g‘ri.

Eski truckni oxirigacha haydash arzonmi yoki yangisini olishmi?

Yangi truckni o‘rtacha 4 yil haydash eng to‘g‘ri. 4-yildan keyin truck shop’dan chiqmay qoladi, shuning uchun uni 4 yil ichida sotib, yangisini olgan ma’qul.

Ertaga audit bo‘lsa, nimani tayyorlab qo‘yish kerak?

P&L, Balance Sheet, Cash Flow, bank statementlar, driverlarning W-9 formalari va ular bilan tuzilgan kontraktlar doim tartibda turishi kerak.

Kompaniya hisobida qancha zaxira pul turishi kerak?

Hisobda kamida 2 haftalik to‘liq xarajatni yopadigan zaxira turishi kerak. Shunda broker to‘lovni kechiktirsa ham, biznes to‘xtab qolmaydi.

Yaxshi driverlar nega ketib qolyapti?

Ko‘pincha sabab ofisda bo‘ladi: noto‘g‘ri KPI va maosh tizimi, dispatcherning qo‘pol muomalasi, accounting yoki HR bo‘limining kech javobi. Maosh esa bozor narxida yoki undan biroz yuqori bo‘lishi shart.

Qaysi driverlar kompaniya uchun xavfli?

Hujjati muammoli yoki tarixi yomon driver kompaniya uchun xavfli. Uning xatolari tufayli Safety Score yomonlashadi, insurance qimmatlaydi va DOT tekshiruvi ko‘payadi.

Qo‘llanmalar rostdan bepulmi?

Ha, qo‘llanmalar bepul. Kompaniya egasi bo‘lsangiz, qo‘llanmani jamoamiz o‘zingizga yuboradi. Shuning uchun formada DOT yoki MC raqamini so‘raymiz.

Kompaniyangiz sizsiz ham ishlay oladimi?

Bepul qo‘llanmani oling va ofisingizni tizimga solishni shu haftadan boshlang.

1 daqiqa vaqt oladi

Bepul qo‘llanma

Qaysi qo‘llanma kerak?

Bir nechtasini tanlashingiz mumkin.

Qo‘llanmani olmay ketyapsizmi?

Driver Retention, Audit-Proof Checklist va yana 6 ta qo‘llanma bepul.